Shu kunlarda Fargʻona shahridagi mavjud 70 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari faollari ishtirokida oʻtgan 8 oy davomida xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlar, oilalarda aniqlangan tazyiq va zoʻravonlik holatlari, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga berilayotgan yordamlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishlar oʻtkazilmoqda.
Xususan, uchinchi sektor hududidagi mahallarda yashovchi xotin-qizlar ishirokida “Oila – muqaddas” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi. Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, tadbir davomida notinch oilalardagi muhitni sogʻlomlashtirish, ajrimlarning oldini olish borasida fikr-mulohazalar oʻrtaga tashlangan.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
