Amaliyotda ishtirok etayotgan har bir kursantga tajribali xodimlar – murabbiylarga biriktirildi. Shuningdek, ularga amaliyot davrida 

xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etilishi yuzasidan tushunti­rishlar berildi. Sohaviy xizmatlarga jalb qilingan kursantlar amaliyot jarayonida nazariy bilimlarini amalda qoʻllash bilan birga, jamoat xavfsizli­gini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashishda ham faol ishtirok etishyapti. Kursantlar tomonidan bajarilgan amaliyot natijalari har oʻn kun yakuni boʻyicha tahlil qilinib, amaliy yordam, zarur koʻrsatma va maslahatlar berib borilmoqda. 

– Viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatida amaliyot oʻtayapman, – deydi kursant Asadbek Ibragimov. – Bu yerda xodimlarning xizmat faoliyatini, tarbiyaviy-psixo­logik taʼminlash yoʻna­lishini sinchkovlik bilan oʻrga­nib, bilim va malakamni 

oshirishga harakat qilyapman. Qolaversa, kursantlar bilan ichki ishlar organlarida oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy, profilaktik-targʻibot tadbirlarida ham qatnash­yapmiz. Amaliyot davrida olgan bilim va koʻnikmamiz kelgusidagi xizmat faoliya­timizda muhim ahamiyat kasb etadi.

Viloyat IIB rahbariyati hamda IIV Akademiyasining taj­ribali pedagoglari tomonidan kuzatib borilmoqda. Oʻquv mashgʻulotlari yakunlangach, kursantlardan amaliyot jarayoni boʻyicha sinovlar qabul qilinishi rejalashtirilgan. 

Xudoybergan JABBOROV,

oʻz muxbirimiz.

Xorazm viloyati.

Suratda: viloyat IIB MMI va KBTX katta psixolog-poligrafologi, katta leytenant Oybek Otaniyozov kursant Asadbek Ibragimov bilan amaliyot jarayonida.