Qarshi shahar IIOFMBda IIV Akademiyasining 3-bosqich kursantlarining amaliyotga kirishishi munosabati bilan murabbiylar biriktirish va amaliyotni oʻtash jarayonlari yoʻriqnomasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. 

Yigʻilishda amaliyotdan koʻzlangan asosiy maqsad boʻlajak zobitlarning kasbiy mahorati, jismoniy va jangovar shayligi hamda xizmatga tayyorgarligini oshirishdan iborat ekani taʼkidlandi. Qolaversa, ular favqulodda va qaltis holatlar yuzaga kelganda harakat qilish koʻnikmasini hosil qilishi juda muhim. 

Qarshi shahar IIOFMBda uzoq yillardan buyon xizmat qilayotgan tajribali xodimlar tinglovchilarga tizim sohalarining sir-asrorlarini oʻrgatish uchun murabbiy etib biriktirildi. 

Yigʻilishda Prezidentimizning 2023 yil yanvardagi PQ-10-sonli qarori mohiyati ham ishtirokchilarga tushuntirilib, oʻqish va amaliyot oʻtash jarayonida boshqalarga oʻrnak boʻlayotgan bir guruh kursantlarning ota-onalariga IIV Akademiyasi rahbariyatining tashakkurnomalari topshirildi. 

Farid OLIMOV, 

kapitan.

Qashqadaryo viloyati.