Prezidentimiz topshiriqlariga asosan kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish va aholiga yaqindan koʻmakchi boʻlish maqsadida Andijonda kuz-qish shtabi faoliyati jadallashtirildi.
Ushbu shtab elektr, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, neft va koʻmir yoqilgʻisi taʼminotlari, yoʻl masalasi hamda shular kabi qish mavsumidagi masalalar boʻyicha faoliyat yuritadi.
Shtab Andijon viloyati IIB binosida tashkil etilgan boʻlib, faoliyat viloyat hokimi tomonidan uzluksiz nazorat qilinmoqda.
Boris Kleyman,
Andijon viloyati
