Respublika boʻylab oʻtkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi Fargʻona viloyatida ham qizgʻin davom etmoqda. Shu kunlarda viloyatda ushbu loyiha doirasida “Dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilingan boʻlib, mahallalar, korxona-tashkilotlar, taʼlim muassasalari hududiga daraxt koʻchatlari oʻtqazilmoqda.

Biz ham akademik lisey jamoasi va oʻquvchi-yoshlar darsdan boʻsh vaqtimizda ixtiyoriy ravishda ushbu loyihaga munosib hissa qoʻshmoqdamiz. Lisey hovlisi va atrofini yashil makonga aylantirish maqsadida oʻtgan haftada 100 tadan ziyod manzarali koʻchat oʻtqazdik. Daraxtga shakl berib, atrofini obodonlashtirdik.

Bunday xayrli ishlarni davom ettirib, hududimizni chinakam yashil makonga aylantiramiz.

Suhrobjon MIRZAYEV,

IIV Fargʻona akademik liseyi direktorining oʻrinbosari, mayor.