Qashqadaryo viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari IIV Qashqadaryo akademik litseyida amaliy oʻquv mashgʻuloti oʻtkazishdi. 

Ishtirokchilarga voqea joyini urab olish, ashyoviy dalillarni topish va ularni tadqiqotgacha saqlash haqida batafsil tushuntirish berildi. 

Oʻquv mashgʻulotida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Yakunda ishtirokchilar Ekspert-kriminalistika markazi kriminalistik laboratoriyasi avtomashinasidagi zamonaviy texnologiya va asbob-uskunalar bilan yaqindan tanishdilar. 

Oʻz muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.