Xorazm viloyati IIB tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Men kuchli ayolman!” loyihasining ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, bandligini taʼminlash, muammolariga echim topish, turli tazyiq va zoʻravonlikdan asrash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda 10 nafar xotin-qiz ishtirok ethmoqda. Ular Urganch shahridagi Beruniy akademiyasi qoshidagi kasb-hunarga oʻqitish markaziga tashrif buyurishdi. Loyiha ishtirokchilari bu erda turli sohalar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi hamda tayyor mahsulotlarni koʻzdan kechirishdi.
Tadbirda xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida OITS markazi shifokorlari bilan uchrashuv ham tashkil etildi.
Shu kuni tadbir ishtirokchilari Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasiga sayohat qilishdi.
Xudoybergan JABBOROV,
oʻz muxbirimiz.
