Bugun profilaktika inspektorlarini aholining ishongan yaqin yordamchisiga aylantirish, qolaversa jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish yoʻlidagi ilk qadamlarni mahalladan boshlashda tashabbus koʻrsatishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda soha vakillari uchun qulay imkoniyatlar hamda zarur shart-sharoitlarlar yaratilib moddiy-texnik baʼza mustahkamlanib bormoqda. Navoiy viloyati hokimining profilaktika inspektorlari bilan uchrashuvida ham “mahallabay”, “fuqarobay” ishlash tizimi boʻyicha suhbatlashildi.

Bunga koʻra, mahallalarda profilaktika inspektorlarining olib borgan targʻibot-tashviqot tadbirlari natijasida jinoyatchilik kamaygan hududlar va aksincha jinoyat va huquqbuzarliklar koʻrsatkichi oshgan mahallalardagi vaziyat tahlil etildi.

Uchrashuv chogʻida profilaktika inspektorlariga xalqni rozi qilish, osoyishtalikni saqlash hamda fuqaro huquqlarini himoya qilish borasida manzilli topshiriqlar berildi va bir qator vazifalar yuklatildi.

 Tadbir yakunida xizmatiga masʼuliyat bilan yondashgan va ijobiy koʻrsatkichlar bilan namuna boʻlayotgan xodimlar hokim tomonidan mukofotlandi.

Mahliyo XOLOVA,

oʻz muxbirimiz.

Navoiy viloyati.