Ichki ishlar vaziri kubogi uchun voleybol musobaqasining Jizzax viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi. 16-21 yoshdagi qizlar oʻrtasida kechgan bahslarda Sharof Rashidov tumanining “Fayzobod”, oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi bellashuvlarda esa Zarbdor tumanining Alisher Navoiy mahallasi yoshlari gʻolib boʻldi.
22-30 yoshlilar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalarda Arnasoy tumanining Mirzo Bobur mahallasi xotin-qizlari hamda Zomin tumanining “Qoʻshtol” mahallasi yigitlari shohsupaning birinchi pogʻonasiga koʻtarildi. Kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar viloyat IIB tomonidan munosib taqdirlandi.
Oʻz muxbirimiz.
