“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida hududlarda xavfsiz muhitni yaratish maqsadida Nishon tumani IIB HPB XQMB katta inspektori N.Bobojonova mutasaddi masʼullar bilan tumandagi bir nechta mahallada xotin-qizlar oʻrtasida profilaktik tadbirlar oʻtkazdi.
Tadbirlarda muqaddam qonunbuzarlik sodir etgan xotin-qizlar oʻrtasida salbiy holatlarning oldini olish boʻyicha targʻibot ishlari olib borildi. Shu bilan birga, xotin-qizlarning muammolarini bartaraf etish boʻyicha mutasaddi tashkilotlar masʼullari bilan manzilli ishlar belgilab olindi.
Sodiq RAHIMOV,
oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
