Jizzax shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida viloyat IIB JXX probatsiya boʻlimi tomonidan ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni oʻtayotgan mahkumlar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda mahkumlarga ishga joylashish, tadbirkorlik bilan shugʻullanishi hamda ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam olish imkoniyatlari, shuningdek qayta jinoyat sodir etish oqibatlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Yigʻilish davomida monomarkazda oʻqib, kasb-hunar egallash yuzasidan tavsiyalar bildirildi. Aytish kerak, joriy yilning oʻtgan davrida mazkur muassasada probatsiya xizmati nazorati ostida boʻlgan 37 nafar shaxs kasb-hunar oʻrgangan.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.