Kasbiy tayyorgarlik oyligi doirasida IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7532-harbiy qismda (Navoiy) Jangovar xizmat faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlinmasi tomonidan “Qoʻriqlab borish qorovulining jangovar xizmati” mavzusida mashgʻulot tashkillashtirildi. Mashgʻulot davomida harbiy xizmatchilarning kasbiy mahoratlari yana bir bor sinovdan oʻtkazildi. Axborot kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish boʻlinmasi boshligʻi mayor Gʻ. Kubayev axborot kommunikatsiya tizimidan toʻgʻri va maqsadli foydalanish, axborot havfsizligini taʼminlash borasida masʼul xodimlar bilan mahorat darsi oʻtkazdi.
Har haftada leytenant M. Shermatov tomonidan oʻqotar qurolni notoʻliq qismlarga ajratish va yigʻish, nishonga aniq olish kabi mavzularda mashgʻulotlar tashkil etilib kelinmoqda. Bu esa harbiy xizmatchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish uchun zamin boʻlmoqda. Harbiy qismda oʻtkazilayotgan “Ommaviy sport ishlari” koʻrik-tanlovi harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish bilan bir qatorda ularni sogʻlomlashtirish va chiniqtirish uchun xizmat qilmoqda. “Eng namunali ustoz va shogird” koʻrik-tanlovi esa yosh harbiy xizmatchilar zimmasiga oʻz kasbining ustasi darajasiga yetishish masʼuliyatini yuklaydi.
Xullas, harbiy xizmatchilarning oʻz ustida ishlashi va kasbiy mahoratini oshirishida mazkur oylikning oʻrni va ahamiyati katta boʻlmoqda.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda”muxbiri.
Navoiy viloyati.
