Bugun xizmat vazifasini sidqidildan bajarib kelayotgan fidoyi xodimlardan biri Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV JXX JTSB Kinologiya boʻlinmasi kinologiya guruhi kichik inspektor-kinologi, safdor Jaqsimbek Yesbosinovdir.
Lavhamiz qahramoni ilk xizmat faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul post xizmati otryadi kinologi vazifasida boshlagan.
– Safdor J.Yesbosinov kasbga boʻlgan sadoqati, masʼuliyati va intizomi uchun koʻpchilikka ibrat qilib koʻrsatishga arziydi. Mahoratli hamkasbimiz bir necha bor kinologlar oʻrtasida Respublika miqyosida oʻtkazilgan musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan, – deydi Kinologiya boʻlinmasi boshligʻi, podpolkovnik Ruslan Uteuliyev.
Taʼkidlash joizki, joriy yilning shu davriga qadar safdor J.Yesbosinov oʻziga biriktirilgan xizmat iti bilan 14 marotaba voqea joyiga chiqib, 6 ta jinoyatning qisqa vaqt mobaynida fosh etilishiga munosib hissa qoʻshdi.
Masalan, yaqinda Nukus shahridagi Markaziy dehqon bozorida fuqaro D.A. oʻziga tegishli
«iPhone 13 pro» rusumli qoʻl telefoni oʻgʻirlab ketildi. Murojaat asosida qidiruv ishlari olib borilishi natijasida xizmat iti bilan oʻgʻrining yoʻnalishini aniqlashga muvaffaq boʻldi. Shu asosda kuzatuv kameralari yozuvlari hamda guvohlarning koʻrsatmalari oʻrganildi va oʻgʻrining shaxsi oydinlashib, u shu kunning oʻzidayoq qoʻlga olindi.
Sharapat UTEPOV,
katta serjant.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi.
