Ayni kunlarda Jizzax viloyatida ichki ishlar organlari masʼullari hududlardagi taʼlim muassasalarining isitilishi bilan bogʻliq vaziyatni oʻrganmoqdalar. Chunonchi, viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik Rahmatulla Boʻriyev boshchiligidagi 3-sektor vakillari Arnasoy tumanidagi 1-sonli oʻrta umumtaʼlim maktabi hamda 5-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotidagi sharoitlar bilan tanishdilar. Shuningdek, “Oltin vodiy” mahallasidagi koʻp qavatli uylarda yashovchilar bilan muloqot oʻtkazilib, turar joylarning isitilishiga oid vaziyat oʻrganildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha mutasaddi tashkilotlar vakillariga topshiriqlar berildi. Mazkur jarayonda tabiiy gaz va elektr quvvatidan tejamkorlik bilan foydalanish hamda xavfsizlik qoidalariga amal qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.