Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan Yangi Namangan tumanidagi 68-sonli maktabda targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda oʻquvchilarga yoʻllarda harakatlanish, maktabga kelib-ketishda yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilish muhimligi, aks holda koʻngilsiz hodisa yuzaga kelishi mumkinligi turli misollar orqali tushuntirildi.
Shuningdek, oʻquvchilarga haydovchilik guvohnomasini olmay turib ijaraga avtomashina olib boshqarishning ayanchli oqibatlari YTH qurboni boʻlgan oʻquvchilar misolida yetkazildi.
Bu kabi targʻibot tadbirlari barcha maktablarda davom ettirilmoqda.
Oʻz muxbirimiz.
Namangan viloyati.
