IIV huzuridagi JIED Birinchi mintaqaviy hududi 21-son JIEKda mahkuma ayollar chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman), Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura hamda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti hamkorligida tashkil etildi. 

Tibbiy koʻrikka Sogʻliqni saqlash vazirligining 10 nafardan ortiq yetakchi mutaxassis shifokorlari jalb qilingan. Zamonaviy diagnostika vositalari yordamida mahkumalarning salomatlik holati oʻrganildi. Shuningdek, koloniyaning bolalar uyidagi mahkumalarning uch yoshgacha boʻlgan farzandlari ham toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Bunday tadbirlar mahkuma ayollarning salomatligini mustahkamlash, kasalliklarini erta aniqlash va oʻz vaqtida davolash choralarini koʻrish imkonini beradi. Masʼul tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilayotgan bunday ishlar mamlakatimizda oʻtkazilayotgan islohotlar inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilganligining yorqin ifodasidir. 

Shahrizod SNOKIROV,

kapitan.