IIV Madaniyat saroyi qoʻshiq va raqs ansamblining xushovoz xonandalari va soʻz ustalari Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Koson, Gʻuzor va Shahrisabz shaharlarida konsert dasturini oʻtkazishdi.
“Maʼnaviyat oyligi” doirasida tashkil etilgan konsert dasturlarini ichki ishlar organlari xodimlari, faxriylar, xizmat vazifasini bajarish chogʻida vafot etgan xodimlarning oila aʼzolari, nogiron boʻlib qolgan xodimlar miriqib tomosha qilishdi.
Konsert dasturi yakunida xizmat vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari va farzandlari bilan dildan suhbat qurilib, ularga esdalik sovgʻalari ulashildi.
Oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
