1. Biz maqsadlarni qayd etmaymiz.
Yozib, belgilab qoʻyilmagan maqsadlar shunchaki orzudir.
2. Bir vaqtning oʻzida juda koʻp maqsadlar ortidan boramiz.
Unutmang, ikki quyon ortidan yugurgan odam hech birini tuta olmaydi. Bu qoida maqsadlarni belgilash va amalga oshirishga ham taalluqlidir.
3. Maqsadlarni koʻz oʻngimizda saqlamaymiz.
Koʻpchilik oʻz maqsad va rejalarini bejirim yon daftariga qayd etib, soʻngra javonga olib qoʻyadi va boshqa hech qachon ochib qaramaydi. Bu – katta xato!
4. Ularni konkret aniqlab olmaymiz.
Maqsadni toʻgʻri belgilash uchun u haqda aniq tasavvurga ega boʻlish lozim.
5. Keyingi qadamni reja qilib olmaymiz.
Yodingizda boʻlsin, agar oʻz maqsadlaringiz ustida ishlasangiz, ular ham sizning foydangizga ishlaydi.
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
