Sirdaryo viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan Sirdaryo tumani Ilgʻor mahallasida yashovchi B.G. ning xonadonida tintuv oʻtkazilganda, marixuana giyohvandlik vositasiga oʻxshash modda borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan. B.G. ushbu giyohvandlik vositasini uyida ekib parvarishlab kelgan. Sud kimyoviy ekspertizasining xulosasiga koʻra, maskur modda ogʻirligi 94 gramm boʻlgan marixuana ekanligi koʻrsatilgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
