Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan 2022 yil 1 yanvardan boshlab shaxsning identifikatsiya ID-kartasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishni, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan.

Shundan kelib chiqib, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani IIB M va Frbda tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari haftaning belgilangan kunida oʻqitilmoqda. Bundan tashqari, bu kabi oʻqitish ishlari markazning oʻzida ham tashkil etilmoqda.

Yaqinda Kitob tumani IIB M va FRB boshligʻi, katta leytenant Farruh Boymirzayev u yerga tashrif buyurib, xodimlarga tushuntirish ishlarini olib bordi. Markaz xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishdi.

Sarvar SOBIROV,

«Postda» muxbiri.