Buxoro viloyati IIB HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida bolalarning taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yaʼni, yoshlarni sogʻlom tarbiyalash, ularda yurtga muhabbat, Vatan ravnaqi hamda taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshish kabi milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kuchaytirish yoʻlida qator chora-tadbirlar olib borilmoqda. Jumladan, viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda tuzilgan dars jadvali asosida oʻtkazilayotgan darslar hamda xodimlar tomonidan olib borilayotgan tarbiyaviy va maʼnaviy psixologik suhbatlar oʻz samarasini bermoqda.
Sh.IBODOVA,
katta leytenant.
Buxoro viloyati.
