Jizzax viloyati Arnasoy tumani «Yangiboʻston» mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi B.N. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, unga tegishli bank plastik kartasidan 10 million soʻm yechib olinganligini maʼlum qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu qonunbuzarlik Fargʻona viloyati Qoʻqon shahri Sarboz koʻchasida yashovchi A.A. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Undan uyali aloqa vositasi va bank plastik kartasi hujjatlashtirib olingan.

Surishtiruv davomida gumonlanuvchining Arnasoy tumanining «Gʻafur Gʻulom» mahallasida yashovchi Ch.A.ning plastik kartasidan 1 million 550 ming soʻm hamda mazkur hududda yashovchi A.A.ning plastik kartasidan 1 million 230 ming soʻm yechib olgani ayon boʻldi. Holatlar yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.

Jizzax viloyati.