Muzrabot tumani hokimligida Oila va xotin-qizlar boʻlimi tashabbusi bilan tuman IIB, Adliya boʻlimi, Bandlikka koʻmaklashish markazi hamkorligida “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan oʻquv seminari tashkil etildi.
Unda qonunning ahamiyati, tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, shu jumladan, ularning sabablarini, shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish boʻyicha tushunchalar berildi. Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari yuzasidan ham mavjud kamchiliklar tahlil qilindi.
Feruza RAHMONQULOVA,
“Postda” muxbiri.
Surxondaryo viloyati.
