Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Qorovul qoʻshinlarida qurol-aslaha va texnikalarni kuzgi-qishki mavsumga oʻtkazish boʻyicha Navoiy viloyatida joylashgan 7532 harbiy qism negizida koʻrgazmali mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Koʻrgazmali mashgʻulotga IIV Qorovul qoʻshinlari boʻysunuvidagi barcha harbiy qismlardagi qurol-aslahalar va texnikalarga masʼul boʻlgan qism komandirining texnika va qurol-aslaha boʻyicha oʻrinbosarlari, xizmat boshliqlari hamda boʻlinma komandirlari jalb qilindi.

Koʻrgazmali mashgʻulotning birinchi kunida Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonining texnika va qurol aslaha-boʻyicha oʻrinbosari, polkovnik F.Ergashev, mashgʻulotga jalb etilgan shaxsiy tarkib bilan qurol-aslaha va texnikalarni bahorgi-yozgi mavsumga oʻtkazish amalga oshirilgan ishlarining tahlilini oʻtkazdi va joriy yilning 1 oktyabr kunidan 30 oktyabr kuniga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan qurol-aslaha va texnikalarni kuzgi-qishki mavsumga oʻtkazish hamda amalga oshiriladigan ishlarni xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda, sifatli tashkillartirish boʻyicha vazifalarni belgilab berdi.

Ikki kun davomida tashkil etilgan mashgʻulotdan koʻzlangan asosiy maqsad qoʻshin harbiy qismlaridagi avtomobil texnikalari, zirhli tranportyorlar va qurol-aslahalarni kuzgi-qishki mavsumda ishonchli ishlashini taʼminlash hamda boʻlinmalarning jangovar shay holatda saqlashdan iborat.


Mahliyo XOLOVA,

“Postda”muxbiri.

Navoiy viloyati.