Jizzax viloyati Forish tumani “Qoʻlba” qishloq fuqarolar yigʻinida yashovchi A.B. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, 14 dekabrga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs hovlisidagi omborxonasidan payvandlash va kesish uskunalari hamda 100 kilogramm mayizni oʻgʻirlab ketganligini bildirgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyat jabrlanuvchining hamqishloqlari O.S. hamda D.N. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Ayblanuvchilardan kesish va payvandlash uskunalari hujjatlashtirib olingan.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.