Kun qahramoni
1990 yil Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida tugʻilgan. Buxoro davlat universitetini tamomlagan. Ilk faoliyatini Buxoro viloyati Buxoro shahar IIB voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori lavozimida boshlagan. Ayni vaqtda Toshkent shahar Uchtepa tumani boʻyicha IIOFMB Kadrlar bilan taʼminlash guruhi katta inspektori lavozimida xizmat qilib kelmoqda.
Qahramonimiz oʻz vazifasidan kelib chiqib, kadrlarni joy-joyiga qoʻyish, boʻsh oʻrinlarni mutaxassislar bilan jamlash boʻyicha rahbariyatga oʻz vaqtida takliflar kiritmoqda. Shuningdek, xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, ularni kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida tashabbus koʻrsatyapti.
U har haftaning seshanba va juma kunlari shaxsiy tarkib bilan sport mashgʻulotlari va musobaqalar uyushtirmoqda. Bundan tashqari, xodimlarning oilaviy ahvolini oʻrganib, maishiy muammolarini hal etish boʻyicha takliflar tayyorlayapti.
Joriy yilning 3-choragi davomida faoliyati mobaynida yoki fuqarolar bilan muloqot jarayonida xizmat intizomini buzgan xodimlar ustidan 26 ta xizmat tekshiruvi oʻtkazildi. 34 nafar xodimlarning hatti-xarakatlariga baho berilib, yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklari sababli ularning 15 nafar intizomiy jazoga tortildi. Bu esa oʻz navbatida keyingi vaqtda xodimlar tomonidan xizmat intizomiga rioya etmaslik holatlarining kamayishiga olib keldi.
Mayor Aziz Rahimov fidoyiligi, jonkuyarligi va oʻz ishiga talabchanligi bilan koʻplab hamkasblariga namuna boʻla oladi. Shu bois ham rahbariyat tomonidan koʻp marotaba ragʻbatlantirildi. Shuningdek, Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
Adolat FAYZIYEVA,
«Postda» muxbiri.
