Ziyodullo Elov 1987 yilda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tugʻilgan. 2008 yilda Buxoro davlat universitetining bakalavriat, 2010 yilda magistratura bosqichini tamomlab, 2011 yildan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida turli lavozimlarda xizmat qilib, amaliy tajriba orttirdi. 2018 yil dekabr oyidan boshlab Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kadrlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida xizmat faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 

2021 yil 9 yanvar kuni "Ichki ishlar xodimlarida suitsidial xulq motivatsiyasi namoyon etilishining ijtimoiy psixologik mexanizmlari" mavzusidagi ilmiy ishni muvaffaqiyatli himoya qilib, psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

Shuhrat JALOLOV,

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.