Xizmat faoliyatini 13-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida turkum boshligʻi lavozimida boshlangan lavhamiz qahramoniga ustozi, oʻsha paytda Tarbiyaviy ishlar boʻlimi boshligʻi boʻlgan Odil Ergashev hujjatlar bilan samarali ishlash, intizom va masʼuliyat kabi muhim fazilatlarni oʻrgatgan.
Yillar oʻtib podpolkovnik Rahmatulla Qurbonxoʻjayev jazoni ijro etish tizimida oʻzini jonkuyar rahbar sifatida namoyon etdi.
U shaxsiy hayotda ham masʼuliyatli va mehribon oila boshligʻi,
2 oʻgʻil va 2 qizning otasi. Turmush oʻrtogʻi matematika fani oʻqituvchisi.
Oiladagi mehr-muhabbat va oʻzaro hurmat, ishdagi samarali faoliyat — bular barchasi Rahmatullaning hayotini muvaffaqiyatli va mazmunli qilib turibdi.
Inomjon RAHIMXOʻJAYEV,
kapitan.
