Uychi tumani 3-sektorida joylashgan “Axsi” mahallasida ichki ishlar organlari xodimlari hozirda chet davlatlarda mehnat muhojiri sifatida ishlayotgan fuqarolar xonadonlarida boʻlib, ularning oila aʼzolari bilan ijtimoiy holati, sogʻligi, ish bilan taʼminlanganligi boʻyicha suhbatlashdi. Mazkur oilalarga yordam berish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, har bir xonadon oila aʼzolariga yaqinda boʻladigan referendum boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi. Uzoq muddatda yurgan fuqarolarni chet davlatdagi elchixonalar orqali unda ishtirok etishi boʻyicha tavsiyalar va tushuntirishlar berib oʻtildi
Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,
"Postda" muxbiri.
Namangan viloyati.
