Xiva tumani IIB hamda Bandlikka koʻmaklashish markazi hamkorligida “Boʻsh ish oʻrinlar mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Unga bugungi kunda tuman IIB Probatsiya guruhi nazorati ostida turgan, jazoni ijro etish muassasalari hamda Yoshlar Ittifoqi kafilligi asosida sud zalidan ozod qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan, avf etilgan yoshlar taklif etildi.

Tadbirda probatsiya nazorati ostida boʻlgan yoshlarning muammolarini aniqlash, ularni qiynayotgan masalalarni sinchkovlik bilan oʻrganish va amaliy yordam berish, ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda takroran jinoyatlar sodir etilishining barvaqt oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlat va jamoat tashkilotlari masʼul vakillari ishtirok etgan mazkur tadbirda yoshlarning muammolari, hoxish va istaklari mutaxassislar tomonidan oʻrganib chiqilib, tegishli tavsiyalar, huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, ushbu yarmarkada yoshlar oʻzlarining qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ish beruvchilar bilan oʻzaro mehnat shartnomalarini ham imzolashdi.

Xudoybergan JABBOROV,

“Postda” muxbiri.