Bugun Zarafshonda Navoiy viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari, Tergov boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Sh. Sharipovning navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. Unda fuqarolarning oʻnga yaqin murojaati tinglandi. Aksariyat murojaatlar tergov harakatlari, shuningdek, ishga joylashish masalalarida boʻldi. 

Jumladan, “Istiklol” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi, 2002 yilda tugʻilgan Merjan Asadbaev chilangarlik boʻyicha ishga joylashish uchun murojaat qildi. Shu kunning oʻzida uning muammosi ijobiy hal etilib, mutaxassisligi boʻyicha shahar musiqa maktabiga ishga joylashishi uchun yoʻllanma berildi. 

Bundan tashqari, qabul davomida yana 4 nafar fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi, 3 kishiga esa huquqiy yoʻnalish berildi. Shuningdek, obodonlashtirish, imtiyozli kredit olish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan ham murojaatchilarga amaliy koʻmak koʻrsatildi. 

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.