“Muqaddasan ayol” shiori ostidagi mobil targʻibot guruhi Shofirkon tumanida boʻldi. Tadbir doirasida yosh oilalar uchun Xoja Orif Mohitobon ziyoratgohida odob-axloq, kiyinish madaniyati, ovqatlanish odobi va jamiyatda xulq-atvor qoidalari borasida uchrashuv oʻtkazildi. Eʼtiborli jihati shundaki, tadbir faqat maʼruza shaklida emas, balki interaktiv usulda olib borilib, yoshlar bilan jonli muloqot orqali qiziqtirgan savollarga javob berildi. Uchrashuv yakunida 13 ta yosh oilaga maxsus sertifikatlar topshirildi.

   Shuningdek, targʻibot tadbiri davomida xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish hamda xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda ayollarni zoʻravonlikdan himoya qilish va oiladagi notinchliklarning oldini olish haqida fikr bildirildi. Soʻzga chiqqanlar oiladagi erkak va ayolning insoniy burchlari, oilaning sogʻlom va mustahkam boʻlishiga hissa qoʻshadigan qadriyatlar va odob-axloq qoidalari, oiladagi zoʻravonlikning salbiy oqibatlari, uning kelajak avlodlarga taʼsiri haqida ham toʻxtaldilar.

  Targʻibot tadbirlari tumandagi ishlab chiqarish va tikuv sexlarida ham davom etdi. Oʻzbekiston Tadbirkor va ishbilarmon ayollar birlashmasi rahbari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini kengaytirmoqchi boʻlgan ayollarga tavsiyalar berildi. Qolaversa, 6 nafar tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan xotin-qizlarga subsidiya asosida inkubatorlar berildi.

Guli OCHILOVA,

kapitan.

Buxoro viloyati.