Koʻkdala tumanidagi “Oʻymovut” mahalla fuqarolar yigʻinida viloyat 3-sektor rahbari – Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Shuhratjon Sotvoldiyev tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabulda 70 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, ulardan sogʻligʻini tiklash uchun yoʻllanma va tibbiy appparatlar olish, moddiy yordam, probasiya nazoratidagi shaxslarni ozod etish uchun sudlarga taqdimnoma kiritish, oʻzini oʻzi band qilishi uchun ish qurollari, tadbirkorlik qilish uchun bino qurishga yer ajratish kabi muammolari boʻyicha murojaatlari tinglandi.
Eʼtiborlisi, har bir murojaat tuman sektor va tashkilot rahbarlari ishtirokida koʻrib chiqilib, 15 ta masala joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 7 ta murojaatning ijrosi muddat talab qilgani sababli sohaviy xizmatlarga yuklatilib, nazoratga olindi. Bir nafar fuqaroga esa huquqiy tushuntirish berildi.
Shuningdek, tadbir davomida bir guruh oʻgʻil-qizlarga birinchi marta fuqarolik pasporti tantanali ravishda topshirilib, ularga badiiy kitoblar sovgʻa qilindi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati
