Shu mavzuda Jizzax viloyati IIB JXX probatsiya boʻlimi hamda hamkor tashkilotlar vakillari tomonidan Forish tumanida davra suhbati uyushtirildi. Tuman IIB probatsiya guruhi nazoratida jazo oʻtayotgan mahkumlar ishtirokida tashkil etilgan tadbirda mazkur shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, ularning bandligini taʼminlash, kasb-hunarga oʻqitish, tadbirkorlik faoliyatlarini yoʻlga qoʻyishlari va rivojlantirishlari uchun har tomonlama yordam koʻrsatilishi maʼlum qilindi.
Oʻz navbatida mahkumlar sud tomonidan belgilangan cheklovlarga qatʼiy amal qilishga chaqirildi. Shuningdek, Jizzax viloyati IIB JXX probatsiya boʻlimi xodimlari hamkor tashkilotlar vakillari bilan birga 10 nafar mahkumning yashash joylarida boʻlib, ularning muammolarini hal etish choralari koʻrildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“POSTDA” muxbiri
Jizzax viloyati.
