Norin tumani IIBda Ramazon oyini munosib oʻtkazish maqsadida tuman hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, tibbiyot birlashmasi, elektr tarmoqlari idorasi vakillari, imom xatiblar ishtirokida ishchi guruh yigʻilishi oʻtkazildi.

Tadbirda Ramazon oyi davomida masjidlarda oʻqiladigan taroveh namozlarida jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, fuqarolar tomonidan avtomobillarni tartibsiz joylashtirish holatlarining oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash, tez tibbiy yordam mashinasi va malakali tibbiyot xodimlari navbatchiligini tashkil qilish, elektr tizimi bilan bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarning barvaqt oldini olish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatma berildi.

Gulchehra BUVAMIRZAEVA, 

"Postda" muxbiri.

Namangan viloyati.