Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov Mirzachoʻl tumanidagi 16-sonli umumtaʼlim maktabida hokimlik, 3-sektor masʼullari, mahalla faollari, taʼlim muassasalari vakillari bilan muloqot oʻtkazdi. Mazkur jarayonda 30-aprel kuni mamlakatimizda boʻlib oʻtadigan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuniga oid referendumga tayyorgarlik masalasi koʻrib chiqildi. Yangilanayotgan Konstitusiyamiz mazmun-mohiyatini ommaga yetkazish, jamoat xavfsizligi va osoyishtalikni taʼminlash hamda ovoz beriladigan binolarni hozirlash yuzasidan fikrlar bildirildi.

Shu nuqtai nazardan 3-sektor rahbari 16-sonli umumtaʼlim maktabida siyosiy tadbirni tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bundan tashqari, viloyat IIB boshligʻi hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish yuzasidan takliflarini bayon etdi.

Alijon Abdusattorov,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.