Haydovchining tezlikni oshirgani natijasida yoʻlovchi ogʻir tan jarohati oldi. Yaqinda Boyovut tumanidagi sodir boʻlgan ushbu yoʻl-transport hodisasi  tumanning “Bunyodkar” mahallasidagi profilaktik tadbirda muhokama etildi. 

Viloyat IIB JXX YHXB boshligʻi, tuman IIB masʼullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda yoʻl transport hodisalarining oldini olish, sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi. 

Oʻz muxbirimiz,

Sirdaryo viloyati.