IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari qoʻmondonligida Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda qoʻshin qoʻmondoni, polkovnik Shokirjon Xudaynazarov soʻzga chiqib, Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.

Shundan soʻng sana munosabati bilan xizmat vazifalariga sidqidildan yondoshib kelayotgan, jangovar va jismoniy tayyorgarlikda yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan bir guruh harbiy xizmatchilar mukofotlandi.

Shuningdek, 8 nafar ofiser va 28 nafar serjantga navbatdagi harbiy unvonlar topshirildi.

Oʻ. Musurmonqulov,

podpolkovnik.