Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli Andijon shahrida joylashgan 7255-harbiy qismda bir qancha muddatli harbiy xizmatchilar kelgusida oʻz faoliyatini shartnoma asosida davom ettirish istagini bildirgan edi. Qoʻshin qoʻmondonining oʻrinbosari, polkovnik I. Umirzakov hamda qoʻshin qoʻmondonligi masʼul ofiserlari tomonidan mazkur harbiy qismda nomzodlar bilan sinov imtihonlari oʻtkazildi. Shuningdek, polkovnik I.Umirzakov shaxsiy tarkib bilan uchrashuv oʻtkazib, harbiy intizomni mustaxkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jangovar shaylikni yuqori darajada saqlab turish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Qoʻmondan oʻrinbosari bu borada erishilgan yutuqlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga ham toʻxtalib oʻtdi.
Abdulaziz MAMUROV,
podpolkovnik.
Andijon shahri.
