Oʻzbekiston Respublikasi IIV Navoiy akademik liseyiga 2023/2024-oʻquv yili uchun munosib nomzodlarni tanlash maqsadida viloyatning shahar-tumanlaridagi umumtaʼlim maktablarida targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Tadbirlar doirasida viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatining hamda liseyning masʼul xodimlari birgalikda oʻquvchilar bilan suhbatlashishyapti. Ular IIV akademik liseyiga qabul qilish shartlari bilan tanishtirilmoqda. Targʻibot tadbirlari davomida halqaro sport va fan olimpiadalari gʻoliblari hamda aʼlochi oʻquvchilarni akademik liseyga oʻqishga jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu kunga qadar umumtaʼlim maktablarida 348 marotaba, ixtisoslashtirilgan maktablarda 6 marotaba targʻibot ishlari olib borildi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
