Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tantanali marosim avvalida boshqarma boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov Ichki ishlar vazirining tabrigini oʻqib eshittirdi.
Shundan soʻng jinoyatchilikka qarshi kurashish va qonunbuzarliklarning oldini olish borasidagi samarali xizmatlari uchun bir guruh xodimlarga Ichki ishlar vazirining buyrugʻi asosida muddatidan oldin va navbatdagi maxsus unvonlar, “Aʼlo xizmatlari uchun”, “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” hamda “Toʻmaris” koʻkrak nishonlari, faxriy yorliqlar, esdalik qoʻl soatlari, kitoblar jamlanmalari topshirildi. Ikki nafar faxriy esa “Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
