Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi bitiruvchilari lavozimlarga tayinlanib, ularga tajribali xodimlardan murabbiylar biriktirildi.
Yosh xodimlar va ularning murabbiylari bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati uchrashib, muloqot qildi. Tadbirda IIV ShXBB Navoiy viloyati boʻyicha boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik A.Latipov, viloyat IIB boshligʻining maslahatchisi, isteʼfodagi polkovnik M. Hamdamov, Faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi podpolkovnik K. Yaxshilikov hamda sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirok etdi. Uchrashuvni viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik Sh. Sadikov olib bordi.
Soʻzga chiqqanlar yosh xodimlarni lavozimga tayinlanganligi bilan tabriklab, halol va vijdonan xizmat qilishlari, ustozlarning maslahat va oʻgitlariga amal qilishlari muvaffaqiyatlar kaliti ekanligini taʼkidladilar.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
