Yaqinda Fargʻona viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Azizbek Ikramov jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida viloyat aholisiga murojaatnoma eʼlon qilgan edi.

Ayni kunlarda ushbu murojaatnoma asosida joylarda huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda. Jumladan, Fargʻona davlat universitetida faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari tomonidan talabalar ishtirokida ana shunday tadbir tashkil etildi.

Tadbirda yoshlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan zarur tushuncha va maslahatlar berilib, murojjatnomada bildirilgan fikrlar va berilgan tavsiyalarga har bir talaba amal qilishi kerakligi taʼkidlandi.

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.

Fargʻona viloyati.