Shaxsiy tarkib orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida IIV huzuridagi JIED Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi hamda uning tasarrufida muassasalar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha Markaz boshligʻi kubogi musobaqasi oʻtkazildi. Qizgʻin va murosasiz bahslar ostida kechgan musobaqada 1-oʻrin 14-son JIEK jamoasiga nasib etdi. Faxrli 2-oʻrinni 22-son JIEK, 3-oʻrinni esa 13-JIEK vakillari egalladi. Gʻolib jamoaga Markaz boshligʻining kubogi, diplom, medalʼ va qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.
Nilufar DAVIDOVA.
