Guliston shahar 7-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan “Vatanparvarlik” burchagi hamda “Ajdodlar izidan avlodlar” muzeyi bilan tanishdilar.
Oʻquvchilar muzeyini koʻzdan kechirar ekan, viloyatimizning boy tarixi, shahar-tuman Ichki ishlar organlarining tarixi, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, xizmat vazifasini bajarish chogʻida mardlarcha halok boʻlgan xodimlarning faoliyatini tanishib, oʻz hayratlarini yashira olmadilar.
Tadbir oʻquvchilar qalbida oʻz vatani, xalqi va oilasiga boʻlgan sadoqatni yanada mustahkamlashiga shubha yoʻq.
Eldor Ergashev,
Sirdaryo viloyati IIB katta inspektori, mayor
