Muzrabot tumanidagi “Yakkatol” mahallasida viloyat IIB Tibbiyot boʻlimi va viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi hamkorligida aholini chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy koʻrik tashkil etildi.
Unda 455 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Koʻrik vaqtida 293 nafar fuqaroda birlamchi kasalliklar borligi aniqlandi. Ular orasida 86 nafar bemorning aniqlangan kasalliklari boʻyicha shu yerning oʻzida tor mutaxassis-shifokorlar tomonidan zarur choralar koʻrilib, aniq tavsiyalar berildi. Qolgan 155 nafariga ambulator, 132 nafariga viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasining davolash-profilaktika muassasalarida stasionar tartibda davolanish tavsiya etildi.
Feruza RAHMONQULOVA,
oʻz muxbirimiz.
Surxondaryo viloyati.
