Viloyat 3-sektoriga qarashli Muzrabot tumanida harbiy-vatanparvarlik ruhidagi yoshlar festivali boʻlib oʻtdi.
Dastlab festival doirasida 3 ming nafardan ortiq tuman yoshlari ishtirokida “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish marafon oʻtkazildi. Shundan soʻng joylarda viloyat IIB boshligʻining kubogi uchun sportning voleybol, milliy kurash, arqon tortish, qoʻlda kuch sinashish, tosh koʻtarish, kamondan oʻq otish turlari boʻyicha musobaqalarga start berildi. Murosasiz bahslarda 830 nafar yigit-qiz jismoniy imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazdi.
Musobaqalar yakunida gʻolib va sovrindorlar munosib ragʻbatlantirildi.
Tadbir soʻngida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 12 nafar yoshga oʻzini band qilishi uchun asbob-uskunalar berildi. 12 nafarining safarbarlik chaqiruvi rezervi xarajatlari, yana 10 nafarini zamonaviy kasblarga oʻqitish uchun toʻlov badallari toʻlab beriladigan boʻldi.
Feruza RAHMONQULOVA,
“Postda” muxbiri.
Surxondaryo viloyati.
