IIV Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlarida uzluksiz oʻquv-karʼera jarayoni tizimi asosida  kadrlarni tayyorlash boʻyicha xodimlar navbatdagi “podpolkovnik” maxsus malaka oshirish oʻquv kurslarini yakunladi.

Oʻquv mashgʻulotlari institut professor-oʻqituvchilari hamda vazirlik sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda zamon talablari darajasida ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari asosida aloqa va axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda interfaol usullarda olib borildi.

 Oʻquv kursi yakunida komissiya tarkibida oʻtkazilgan sinov va imtihonlarni muvaffaqiyatli tamomlagan 64 nafar tinglovchiga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti