Qorakoʻl tumani IIB va Bandlikka koʻmaklashish markazi hamkorligida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada tuman IIB Probatsiya guruhi nazorati ostida boʻlgan, jinoyat sodir qilishga moyil va jinoyat sodir qilish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi. Shu kuni 3 nafar shaxs ishga joylashtirildi. Yana koʻpchilikka korxona va tashkilotlarga yoʻllanma berildi.
Ushbu shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish va tuzalish yoʻliga oʻtkazish maqsadida inspektor-psixolog xodimlar tomonidan psixodiagnostik trening va mashgʻulotlar oʻtkazildi. Mashgʻulotlarda hisobda turgan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar olib borildi. Ularning orzu maqsadlari roʻyobi va mavjud muammolar yechimi oʻrganildi. Shuningdek, ularga kelgusida qayta jinoyat sodir qilmaslik va mamlakatimizda aholini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash yoʻlida yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga doir tushuntirishlar berildi.
M.AHADOV,
“Postda” muxbiri.
Buxoro viloyati.
