Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan respublikamizda joriy yilning 1-mart kunidan boshlab moped va skuter egalari haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlishi va boshqaruvidagi transport vositasiga davlat raqami oʻrganilgan boʻlishi kerak edi. Aksariyat hamyurtlarimizning takliflari inobatga olinib, ushbu muddat shu yilning 1-oktabr kuniga qadar uzaytirildi. Hamyurtlarimizda esa hamon savol tugʻilmoqda? Bu oʻzgarishdan maqsad nima?

– Yoʻllarda harakatlanayotgan har qanday transport vositasi belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishi kerak, – deydi Andijon viloyat IIB YHXB axborot xizmati katta mutaxassisi, katta leytenant Abdumajid Raimjonov. – Biroq keyingi paytlarda moped va skuter boshqaruvchilari tomonidan mavjud tartiblarga rioya etmaslik holatlari koʻplab kuzatilmoqda. Shu yilning oʻtgan davri mobaynida ular tomonidan 33 ta yoʻl transport hodisasi sodir etilib, 6 nafar fuqarolar bevaqt vafot etganligi bunga misoldir. 27 nafar hamyurtlarimiz esa turli darajadagi tan jarohati olganlar. 

Xulosa qilish mumkinki, joriy etilgan bu oʻzgarish yoʻllarda transport hodisalarini kamaytirish, inson hayotiga xavf soluvchi hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi.

Saminjon HUSANZODA,

oʻz muxbirimiz. 

Andijon viloyati.